Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

ECHL yarim finalining ilk ishtirokchilari ma’lum: Parij va Madrid bayram qilmoqda

ECHL yarim finalining ilk ishtirokchilari ma’lum: Parij va Madrid bayram qilmoqda

Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l olgan to‘rt jamoadan dastlabki ikkitasi ma’lum bo‘ldi.

«PSJ» chorak finalda «Liverpul»ni ikki bor bir xil — 2:0 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqichda «Real» — «Bavariya» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

«Atletiko» esa «Barselona» to‘sig‘idan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi: dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchgan madridliklar, javob bahsida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Endi ular yarim finalda «Arsenal» yoki «Sporting» jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: Bugun 03:03. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!