Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

ECHL. «Real» nimchorak finalda: Vinisiusning goli «Benfika» ustidan g‘alaba keltirdi (VIDEO)

ECHL. «Real» nimchorak finalda: Vinisiusning goli «Benfika» ustidan g‘alaba keltirdi (VIDEO)

«Real Madrid» o‘z maydonida Chempionlar ligasi o‘tish bosqichining javob uchrashuvida «Benfika»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin Ispaniyaning «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Rafa Silva hisobni ochdi. Madridliklar tezkorlik bilan javob qaytarishdi — Orelyen Tchuameni muvozanatni tikladi. 32-daqiqada Arda Gyuler mezbonlarning ikkinchi golini urdi, biroq VAR tizimi ofsayd sababli bu golni bekor qildi. Ikkinchi bo‘lim yakunida hujumchi Vinisius Junior darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, «qaymoqranglilar»ga g‘alaba keltirdi.

Ikkinchi bo‘limga 9 daqiqa vaqt qo‘shib berildi, chunki 74-daqiqada madridliklar himoyachisi Raul Asensio og‘ir jarohat oldi va maydonni zambilda tark etdi.

Dastlabki o‘yinda ham «Real» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, Madrid klubi Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi va u yerda «Manchester Siti» yoki «Sporting» jamoalaridan biriga qarshi bahs olib boradi. Qur’a tashlash marosimi juma kuni, 27 fevral sanasida bo‘lib o‘tadi.

Evropa Chempionlar ligasi. O‘tish uchrashuvi. Javob o‘yini
26.02.2026 | 01:00
«Santyago Bernabeu», Madrid

«REAL» (Ispaniya) — «BENFIKA» (Portugaliya) — 2:1
(Birinchi o‘yin — 1:0)

Gollar: Rafa Silva 14 (0:1), Tchuameni 16 (1:1), Vinisius Junior 80 (2:1).

«Real»: Kurtua, Raul Asensio (Alaba, 77), Ryudiger, Karreras (F. Garsiya, 90+1), Aleksandr-Arnold, Tchuameni, Kamavinga (Mastantuono, 77), Valverde, Vinisius Junior, Arda Gyuler (Palasios, 84), G. Garsiya (Pitarch, 84).

«Benfika»: Trubin, Otamendi, Arauju, Dal, Dedich, Barreyru (Lopesh Kabral, 90+1), Rios, Rafa Silva, Shelderup (Barrenechea, 85), Eursnes (Ivanovich, 85), Pavlidis.

Ogohlantirishlar: Raul Asensio (57), Palasios (90) — Rios (35), Otamendi (51).

Kiritildi: Bugun 03:51. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!