Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ebolaga qarshi birinchi vaksina ma’qullandi

A A A
Ebolaga qarshi birinchi vaksina ma’qullandi

AQSh dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) nihoyatda xavfli Ebola bezgagi virusiga qarshi mamlakatda birinchi vaksinani qo‘llashni ma’qulladi.

— FDA «Ervebo»dan foydalanishga ruxsat berdi: u 18 yosh va kattalarda Ebola virusi chaqirgan kasallikni bartaraf etishda muassasa ma’qullagan birinchi vaksinadir, — deyiladi tashkilotning rasmiy saytiga joylangan xabarda.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, Ebola virusi chaqirgan kasallik holatlari AQShda «juda noyob». Qayd etilgan holatlar ham «boshqa mamlakat fuqarolarining kasallikni yuqtirib, AQShga kelishi yoki undan qiynalayotgan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlarining xastalikni yuqtirib olishi bilan bog‘liq», deyiladi xabarda.

Ebola virusi chaqirgan kasallik — o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, odamlar va hayvonlarning ayrim turlariga yuqadi. Mazkur epidemiya taxminan besh yil avval G‘arbiy Afrikada paydo bo‘ldi va asosan uchta mamlakatga tarqaldi: Gvineya, Syerra-Leone va Liberiya. KDRda Ebola 2018 yil iyul oxirida tarqala boshladi. 2019 yil iyulda JSST Kongoda Ebola virusining tarqalishini xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb baholadi.

Kiritildi: 17:30 21.12.2019. O'qildi: 2835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik