Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ebola: Kongoda aviareyslar bekor qilindi

Ebola: Kongoda aviareyslar bekor qilindi

Kongoda Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda, mamlakatda allaqachon aviareyslar bekor qilingan — Bloomberg.

Mahalliy rasmiylar va Afrika sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlariga tayanib agentlikning yozishicha, juma kunidagi holatga ko‘ra, Kongoda ushbu virusni yuqtirganlar soni 867 kishiga yetgan, 204 kishi esa vafot etgan. Shu bilan birga, virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan, aniqlangan 1745 nafar shaxsning atigi beshdan bir qisminigina kuzatuvga olish imkoni bo‘lgan.

Epidemiya markazi — Uganda bilan chegaradosh bo‘lgan Ituri provinsiyasidir. U yerda allaqachon aviareyslar bekor qilingan.

"Bu shundoq ham zaif bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shimcha og‘irlik tug‘dirmoqda va rasmiylarni ko‘proq sog‘liqni saqlashning eng oddiy choralariga tayanishga majbur qilyapti, chunki virusning ushbu kamyob turiga qarshi hali tasdiqlangan vaksina yoki antitanalar bilan davolash usuli mavjud emas", — deb yozmoqda agentlik.

Mahalliy tibbiyot mutaxassislari vaksinalar va yangi davolash usullari yo‘qligidan shikoyat qilishyapti. Xalqaro tashkilotlar tomonidan millionlab dollar ajratilganiga qaramay, shifokorlarga hanuzgacha hatto eng oddiy ashyolar, masalan, shaxsiy himoya vositalari ham yetishmayapti.

Shuningdek, Afrika davlatlari — Kongo, Uganda va Janubiy Sudan o‘rtasidagi chegaralar yaxshi qo‘riqlanmasligi sababli virusning qo‘shni mamlakatlarga tarqalish xavfi mavjud, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!