Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

DXX Buxoroda jinoiy guruhni qo‘lga oldi

DXX Buxoroda jinoiy guruhni qo‘lga oldi

15 avgust kuni ushbu “Gazlineftgazishlabchiqarish” MCHJga qarashli «Qulbeshkak» gazni kompleks tayyorlash qurilmasi joylashgan cho‘l massividan o‘tgan diametri 325 mm bo‘lgan gaz quvuridan 8 833 tonna gazokondensat mahsuloti o‘g‘irlangan.

DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, Qorako‘l tumanida yashovchi fuqarolar (4 nafar) bu quvurni yashirin tarzda teshib, hosil qilingan teshikka qo‘lbola xamut o‘rnatgan.

100 metr uzunlikdagi rezina shlang yordamida quvurdan 100 metr uzoqlikda gazokondensat mahsulotini jamlash va tindirish uchun o‘zlari qazigan maxsus hovuzga quvurdan o‘g‘irlangan 2 600 litr gazokondensat mahsulotini tindirish (suratda) maqsadida jamlab turgan vaqtlarida ushlangan.

Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi “g” bandiga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:01 22.08.2019. O'qildi: 3378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!