Avvalo duoning ma’nosini bilib olaylik. Arab tilida “duo” so‘zi chaqirish, so‘rash ma’nolarini anglatadi.
Ko‘pincha “duo” va “bir narsani talab qilish” ma’nolari bir-biriga aralashib ketadi.
Shuning uchun talab nima-yu, duo nima ekanini aniq bilib olish alohida ma’no kasb etadi.
Talab so‘rovchi nutq qiladigan lafzning vasfidir: “Menga tilagan narsamni bergin” , kabi.
Duo esa so‘rovchida paydo bo‘ladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa bilan: qalb va hislarning uyg‘oqligi hamda ulardan har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bilan va yana duo qiluvchining o‘zi qilgan gunohlari uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qilishni boshlashi bilan bo‘ladi.
Ha, duo qilayotgan paytda qalb va hislarning uyg‘oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila taologa yuzlanishi bo‘lmasa, odatga ko‘ra ikki qo‘lni ko‘tarib, tilga kelgan talab so‘zlari takrorlanayotgan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda qalb g‘ofil bo‘lishi, tilda bir gap, xayolda boshqa gap bo‘lishi ham mumkin. Albatta, bu holatni duo deb bo‘lmaydi.
Bas, shunday ekan, bu ishni qilayotgan odamni “Falonchi Alloh taolodan so‘ramoqda” deyishimiz mumkin, ammo “Falonchi Alloh taologa duo qilmoqda” deya olmaymiz.
Sen: “Allohga duo qilinglar yoki Rohmanga duo qilinglar - qay biriga duo qilsangiz ham, baribir. Eng go‘zal ismlar Unikidir” (Isro, 110)
Manba: zamin.uz