Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyoning nufuzli 100 insoni ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning nufuzli 100 insoni ro‘yxati e’lon qilindi

Time jurnali 2025 yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Jurnal muqovasida aktrisa Demi Mur, reper Snop Dogg, tennischi Serena Uilyams, qo‘shiqchi Ed Shmran va sun’iy intellekt Deep Mind asoschisi Demis Xassabis joy olgan.

Ro‘yxatga AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatining olti nafar a’zosi (J.D.Vens, Ilon Mask, kichik Robert Kennedi, Xovard Lutnik va Rassel Vout) kiritilgan.

Liderlar toifasiga Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer, bo‘lajak Germaniya kansleri Fridrix Mers, Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa, Argentinadan Xaver Mayli va Meksika rahbari Klaudiya Sheynbaum kiradi.

"Titanlar" orasida Meta asoschisi Mark Sukerberg, Prada moda uyi aksiyadori Miuccia Prada va gimnastikachi Simone Biles bor. Kashfiyotlar qatoriga qo‘shiqchi Roze, huquqshunos Kordeliya Baer va DeepSeek bosh direktori Liang Venfeng kiradi.

Kiritildi: 00:21 17.04.2025. O'qildi: 2337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!