La Gazzetta dello Sport jurnalistlari jahon futbolidagi eng yaxshi darvozabonlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning birinchi o‘rnini ayni paytda "Manchester Siti" safida to‘p surayotgan italiyalik Janluiji Donnarumma egalladi.
Ikkinchi o‘rindan Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua joy oldi. Kuchli uchlikni Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning "Atletik" klubi golkiperi Unay Simon yakunladi.
Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, David Rayya ("Arsenal"), Mayk Menyan ("Milan"), Mile Svilar ("Roma"), Joan Garsiya ("Barselona"), Yan Oblak ("Atletiko"), Gregor Kobel (Dortmundning "Borussiya" klubi) va Manuel Noyer ("Bavariya") ham joy oldi.