Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyodagi eng ulkan va g‘alati samolyot sotuvga qo‘yildi (+video)

Dunyodagi eng ulkan va g‘alati samolyot sotuvga qo‘yildi (+video)

Pegasus XL raketasi sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga olib chiqishga mo‘ljallangan. Bu raketaning o‘zini uchirish uchun esa Stratolaunch nomli ulkan samolyot yaratilgan.

Mazkur samolyot endi Vulcan investision konglomerati tomonidan sotuvga qo‘yildi va uning narxi 400 million AQSh dollariga teng! Ushbu narx ichiga havo kemasining o‘zi, uning uchun yaratilgan angar hamda intellektual mulkka egalik huquqi ham kiradi.

Stratolaunch o‘zining ilk parvozini shu yilning aprel oyida, Kaliforniya cho‘li uzra amalga oshirgan. O‘shanda u 5 kilometrdan oshiqroq balandlikda tezligini 304,17 km/soatgacha yetkaza olgan.

Jahondagi eng ulkan havo kemasi bo‘lishidan tashqari, Stratolaunch samolyotining eng qiziq jihati – uning tuzilishidir. Uning ikkita 73 metrlik fyuzelyaji (asosiy korpusi) o‘zaro umumiy qanot bilan biriktirilgan. Shu qanotning o‘zi 117,3 metr uzunlikda, bu esa amerikacha futbol o‘yini maydonidan ham kattadir. Yuksiz holida Stratolaunch vazni 250 tonnaga teng.

Manba: terabayt.uz

Kiritildi: 19:30 15.06.2019. O'qildi: 2608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!