Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dunyodagi eng qimmat sendvich sotuvga chiqadi

A A A
Dunyodagi eng qimmat sendvich sotuvga chiqadi

AQShdagi Disneylendda joylashgan restoranlarning birida dunyodagi eng qimmat sendvich paydo bo‘ladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Mazkur sendvich narxi 99,99 dollarni tashkil etadi. Uni Kaliforniya shtatidagi Anaxaym kurorti menyusiga kiritish rejalashtirilgan.

Egulik ichidan dudlangan cho‘chqa go‘shti, salyami (kolbasa turi), rukola (karamdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simlik), quritilgan pomidor, Provolone pishlog‘i va Marinara sousi o‘rin oladi. Buderbrod qovurilgan fokachcha (italyancha bug‘doy noni) bilan dasturxonga tortiladi. Katta senvich 6—8 kishiga mo‘ljallangan.

Shu orqali bir kishi uchun sendvich narxi o‘rtacha 14,49 dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, menyuda katta-katta qovurilgan non burdalari va ulkan frikadelkali Sezar salati paydo bo‘ladi. Restoran interyeri «Chumoli-odam va ari» filmi syujeti asosida jihozlanadi.

Kiritildi: 07:55 29.05.2021. O'qildi: 2518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!