Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyodagi eng nufuzli musulmon kimligini bilasizmi?

Dunyodagi eng nufuzli musulmon kimligini bilasizmi?

 

Iordaniyadagi Strategik tadqiqotlar bo‘yicha qirollik islom markazi tomonidan dunyodagi eng nufuzli musulmonlarning 500 kishilik ro‘yxati tuzildi.
 
Unga ko‘ra, ro‘yxatning dastlabki pog‘onasidan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joy oldi. “Kuchli uchlik”da Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud hamda Iordaniya qiroli Abdulloh II al-Husayn ham o‘rin olgan.
 
Ro‘yxatda sport yulduzlarining ham nomi qayd etilgan.
 
Xususan, “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh, “Arsenal” yarimhimoyachisi Mesut O‘zil va “Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogba ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
 
E’tiborlisi, ilk marta ro‘yxatga kiritilgan Saloh Top-50 safida qayd etilgan (47-o‘rin).
 
Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan birinchi marta dog‘istonlik jangchi Habib Nurmuhamedovga ham joy topilgan.
 
Ta’kidlash joizki, Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘tgan yili mazkur ro‘yxatning beshinchi pog‘onasidan o‘rin olgan edi.
 
Birinchi o‘rin esa Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Toyyibga nasib etgandi. Bu yilgi ro‘yxatda islom olamining nufuzli vakili 9-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 18:08 23.10.2018. O'qildi: 3540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!