Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dunyodagi eng keksa qush bola ochdi

A A A
Dunyodagi eng keksa qush bola ochdi

Tinch okeanida joylashgan Miduey orolida yashovchi 70 yoshli Uizd laqabli albatros (dengiz qushi) bola ochdi. Ornitolog olimlar Uizdni dunyodagi eng keksa qush deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh baliq va yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish xizmatining Tinch okean filiali o‘z blogida yozib qoldirgan, deb xabar beradi Rambler.

Ma’lum qilinishicha, qushcha 2021 yilning 1 fevral kuni dunyoga kelgan. Yaqin oylarda ota-onasining yonida bo‘ladigan qushning yozga qadar uchishni o‘rganishi kutilmoqda.

Uizd 1956 yildan buyon olimlar kuzatuvida. Ornitolog olim Chendler Robbins qushni ushlagan va kuzatib turish uchun uning panjasiga raqamli qizil halqa taqib qo‘ygan. Miduey oroliga 46 yildan keyin qaytgan qush shundan buyon u yerga ko‘payish uchun uchib boradi. Kuzatuv davomida Uizdning jami 35 marta bolalagani ma’lum bo‘lgan. 

Kiritildi: 13:16 13.02.2021. O'qildi: 3003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik