Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyodagi eng boy davlatlardan biri rekord darajada “sindi”

Dunyodagi eng boy davlatlardan biri rekord darajada “sindi”

Joriy yilning ikkinchi choragida Singapur iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi tufayli birinchi chorakka nisbatan 41,2 foizga qisqardi.

Bu haqda mamlakat Savdo va sanoat vazirligi e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi chorakda YAIM 3,3 foizga tushgan. Dunyodagi eng boy davlatlardan birining iqtisodiyoti yillik hisobga ko‘ra, rekord darajada - 12,6 foizga pasaygan. Bu Singapurda 1965 yilda mustaqillikka erishganidan beri qayd etilgan eng katta ko‘rsatkichdir.

Har chorakda ishlab chiqarish 23,1 foizga, qurilish hajmi 95,6 foizga, xizmatlar hajmi 37,7 foizga pasaygan. Yil oxirida yalpi ichki mahsuloti 4-7 foizga pasayishi kutilayotgan Singapurning bu holati mamlakat tarixidagi eng katta pasayish bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Singapur hukumati koronavirus pandemiyasi fonida odamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam sifatida 2,5 milliard dollar ajratgani ma’lum bo‘ldi.

Yalpi ichki mahsulotning 20 foizi (70,3 milliard dollar) esa mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

Kiritildi: 22:48 15.07.2020. O'qildi: 9434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!