Katta matbuot anjumani paytida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qurollanish poygasi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh raketalarga qarshi kelishuvdan chiqib ketganidan keyin dunyoda qurollanish poygasi allaqachon boshlanib ketgan.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya unda ishtirok etishni niyat qilmayapti.
Biroq, siyosatchi mamlakat o‘z manfaatlarini himoya qilishini ta’kidladi.
Putin Rossiya raketalarga qarshi kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyorligini qo‘shimcha qildi, shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden bu masalada "ijobiy fikrda" bo‘lishiga umid bildirdi.