Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dunyoda misli ko‘rilmagan ocharchilik to‘lqini bo‘ladi

A A A
Dunyoda misli ko‘rilmagan ocharchilik to‘lqini bo‘ladi

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari davom etar ekan, global oziq-ovqat xavfsizligi uchun xavflar ortib bormoqda.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish bayonot berdi .

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Ukraina urushining dunyoga ta’siri kuchayib, 94 davlatdagi 1,6 milliard odamga zarar yetkazgan.

Guterrish urush misli ko‘rilmagan ocharchilik to‘lqiniga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

"O‘sib borayotgan bu bo‘ronni to‘xtatishning yagona yo‘li bor. Rossiyaning Ukrainani bosib olishiga chek qo‘yish kerak", - dedi Gutterish.

BMT Bosh kotibi Ukraina va Rossiyani oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvga chaqirdi.

Kiritildi: 21:53 09.06.2022. O'qildi: 6621 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik