Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyo top-yulduzlari ruhiy salomatlik uchun suratga tushishdi

Dunyo top-yulduzlari ruhiy salomatlik uchun suratga tushishdi

Dunyoga mashhur artistlar, modellar, sportchilar va teleboshlovchilar taniqli britaniyalik fotograf Rey Byormistonning ob’ektivi oldida paydo bo‘lishdi, deb yozadi “Daily Mail”.

Ular qatoriga ser Tom Jons, Entoni Joshua, Idris Elba, Xelena Bonem Karter, Liam Gallaxer, Rita Ora, Rassel Brend va boshqalar ham qo‘shilishdi.

250 dan ortiq taniqlilar Reyning o‘z fotosuratlaridan Mind xayriya tashkilotining “Take a Moment” deb nomlangan virtual ko‘rgazmasi uchun foydalanishini ma’qullashdi.

Ta’kidlanishicha, bu COVID-19 pandemiyasi va eng avvalo odamlarning ruhiy salomatligini saqlab qolish uchun xayriya mablag‘lari yetishmaganligi bois yana mablag‘ to‘plash niyatida tashkil etilgan.

Kiritildi: 22:50 21.10.2020. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!