Dubaydagi Oracle kompaniyasi binosi havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimining harakati natijasida biroz shikastlandi. Bu haqda amirlik rasmiylari ma’lum qildi.
«Urib tushirilgan snaryad parchalari Dubai Internet City tumanidagi Oracle kompaniyasi binosi ustiga tushib, uning fasadiga arzimas darajada zarar yetkazdi», — deyiladi bayonotda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.