Muborak Ramazon oyi munosabati bilan dunyoning eng baland osmono‘par binosi bo‘lgan Burj Khalifada “Allohning 99 ismi” lazer shousi bo‘lib o‘tmoqda. Bu to‘g‘rida Darakchi nashri xabar berdi.
Ushbu namoyish yuzlab talabgorlar orasidan tanlab olindi. Shou muallifi — Art Noor ijodiy guruhi.
Rang-barang shou shanbadan payshanbagacha har soatda 19:45 dan 22:45 gacha, payshanbadan shanbagacha esa har yarim soatda, 19:45 dan 22:45 gacha namoyish etilmoqda.