Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dubay–Isroil reysida uchuvchi samolyotni qasddan qulatishga uringanmi?

Dubay–Isroil reysida uchuvchi samolyotni qasddan qulatishga uringanmi?

Netanyahu Dubaydan Isroilga uchayotgan Flaydubai reysi uchuvchilaridan biri samolyotni qasddan halokatga uchratishga uringan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Isroil bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, parvoz vaqtida uchuvchilardan biri ikkinchisiga pichoq bilan hujum qilgan. Shundan so‘ng u samolyotni yer tomon yo‘naltirishga uringani taxmin qilinmoqda.

"Bugun ertalab Dubaydan Isroilga amalga oshirilayotgan parvoz vaqtida xavfsizlik bilan bog‘liq o‘ta jiddiy hodisa yuz berdi. Ushbu reysdagi deyarli barcha yo‘lovchilar isroilliklar edi. Aftidan, hujum qilgan uchuvchi samolyotni bortdagi barcha odamlar bilan birga yerga qulatishga uringan", — dedi u.

Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar ekipaj a’zosi bilan birgalikda uchuvchilar kabinasiga buzib kirishgan va samolyotning boshqaruv tizimlarini ishdan chiqarishga urinayotgan hamda pichoq bilan qurollangan uchuvchini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 20:30 30.09.2026. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!