Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

DTM abituriyentlardan yig‘ilgan pullar nimaga sarflanganini ochiqladi

DTM abituriyentlardan yig‘ilgan pullar nimaga sarflanganini ochiqladi

Davlat test markazi 2019-2020-o‘quv yilida abituriyentlardan yig‘ilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha hisobot e’lon qildi.

Qayd etilishicha, eng tezkor printerlar xaridi 840 mln 870 ming 316 so‘mga tushgan. Kitob tikadigan vositalar xaridi - 199 mln 988 ming 154 so‘m, katta quvvatli serverlar xarid qilish, ularni o‘rnatish va ishga tushirish - 1 mlrd 204 mln 206 ming 244 so‘m, binolar ijarasi uchun - 1 mlrd 942 mln 706 ming 950 so‘m 18 tiyin (Toshkent shahridagi binolar bo‘yicha), guruh nazoratchilari ish haqi uchun to‘lov - 9 mlrd 014 mln 745 ming 717 so‘m 50 tiyin, guruh nazoratchilari uchun tushlik sarfi - 763 mln 374 ming 250 so‘m, mobil aloqa vositalari to‘lqinlarini to‘suvchi qurilmalar xaridi - 688 mln 121 ming 120 so‘m, ichimlik suvi xaridi - 880 mln 494 ming 710 so‘m, sharikli ruchkalar xaridi - 336 mln 357 ming 552 so‘m, xizmat safarlari uchun to‘lovlar - 13 mln 262 ming 039 so‘m 14 tiyin.

Jami xarajatlar: 15 mlrd 884 mln 127 ming 052 so‘m 82 tiyin.

Bunda boshqa binolarning kommunal va ijara to‘lovlari, bir oy mobaynida shartnoma asosida jalb etilgan yollanma ishchilar, texnik vositalarning shu davrda muntazam ishlab turishini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislar ish haqi kiritilmagan.

Bulardan tashqari, mablag‘larning qolgan qismini qo‘shimcha texnika vositalari va ularga zaxira qismlar, test sinovi jarayonlari yozilgan video materiallarni saqlash uchun katta xotiraga ega qurilmalar, glushitellar xaridi, xorijiy ekspertlarni jalb etish, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, keyingi o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlari tayyorgarligi va boshqalar uchun yo‘naltirish rejalashtirilgan, — deyiladi DTM ma’lumotida.

Kiritildi: 13:08 07.12.2019. O'qildi: 2019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!