Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk viloyatidagi DTEK energetika kompaniyasiga qarashli konga dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda 15 nafar konchi halok bo‘ldi, yana 7 kishi yaralandi, deb xabar berdi kompaniya.
Ma’lum qilinishicha, hujumlardan birining markazida smenadan keyin ishchilarni olib ketayotgan xizmat avtobusi bo‘lgan.
Ukraina mustaqil konchilar kasaba uyushmasi raisi Mixail Volinesning aytishicha, Ternovkadagi ko‘mir korxonasi va konchilarni tashiyotgan avtobus to‘rtta kamikadze-dron zarbasiga uchragan.
Rossiya tomoni hujum bo‘yicha hozircha izoh bermadi.