"Trump Organizations"ning ikki kompaniyasining soliq firibgarligi va boshqa jinoyatlar uchun sudlanganligi sobiq prezident Donald Trampning mehmonxona biznesiga ta’sir qilishi mumkin, deb xabar bermoqda CBC News.
Seshanba kuni ikki kompaniya - Trump Corporation va Trump Payroll Corporation 17 ta jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topildi va ular 1,6 million dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.
Jinoiy ish Nyu-York Bosh prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqildi, u Donald Tramp va uning uch farzandi kompaniyalari tomonidan keng tarqalgan va ko‘p yillik firibgarlik va mulkni baholashda manipulyasiya qilinganligi haqidagi ayblovlarni tekshirish uchun ikki prokurorni tayinladi.