Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Donald Trampning BMTdagi nutqi kulgiga sabab bo‘ldi

A A A
Donald Trampning BMTdagi nutqi kulgiga sabab bo‘ldi

AQSh Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida nutq so‘zladi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari rahbarlari Trampning nutqini eshitib kulgidan o‘zini tutib turolmadi. 

Donald Tramp o‘zining ikki yil davomida erishgan yutuqlarini aytib o‘tirganlarga maqtangan va undan oldingi Prezidentlarning hech biri uningdek natijaga erisholmaganini ta’kidlagan. 

Shuningdek, u Amerika har qachongidan ko‘ra kuchli davlatga aylanganini aytgan. “Bizning armiyamiz yaqin kunlarda Amerika tarixidagi eng kuchli armiyaga aylanadi, ya’ni Qo‘shma Shtatlar har qachongidan ko‘ra kuchli, xavfsiz va boy mamlakatga aylanadi. Biz Amerika va amerikaliklar uchun harakat qilyapmiz” deya davom etgan Donald Tramp. 

U Prezidentlik davrida qilingan ishlarni deyarli hammasini sanab o‘tgan. Saudiya Arabistonidan tortib Shimoliy Koreya rahbari bilan o‘tkazilgan muzokaralar va yaqinda Polsha Prezidenti Andjey Duda bilan uchrashib Qo‘shma Shtatlar armiyasini Polshada yangi bazasini tuzishga kelishib olganligigacha aytib o‘tgan. 

Manba: uza.uz

Kiritildi: 11:12 26.09.2018. O'qildi: 1497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik