"U kelishuv ustida ishlayapti. Ishlar qanday ketyapti? Hammasi joyidami? Nima deb o‘ylaysiz, katta kelishuv amalga oshadimi? Agar u amalga oshmasa — men Jey Di Vensni ayblayman. Agar amalga oshsa — butun sharafni o‘zimga olaman", — deya hazil qildi Tramp.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, eronliklar hozirda "umidsizlikka tushgan", shu sababli u kelishuv amalga oshishiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh bilan har qanday muzokaralarni mutlaqo rad etmoqda va ularning shartlarini qabul qilmayapti.