O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan maktub keldi.
Amerika yetakchisi o‘z maktubida davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishidagi ishtirokini yuksak baholadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ulkan natijalarga erishayotgani ta’kidlanib, mamlakatimizga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirildi.
O‘z navbatida, Prezident Donald Tramp davlatimiz rahbarini Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga, shuningdek, Mayamida o‘tadigan G20 sammitiga taklif etdi.
"Yaratgan Sizni va O‘zbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin", – deyiladi maktubda.
Eslatib o‘tamiz, G20 sammiti 2026 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.