AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishish uchun seshanba kuni so‘nggi muddat bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
U jurnalistlarning savoliga javoban, hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etayotganini va Tehron “juda muhim qadam” tashlaganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Tramp ushbu sana rasman qat’iy oxirgi muddat ekanini aniq aytmagan, ammo uning bayonoti muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirganini ko‘rsatmoqda.