AQSh prezidentining nabirasi Kay Tramp o‘zining YouTube kanaliga bobosi bilan birga vaqt o‘tkazgani aks etgan videoni joyladi. Videoda Kai bobosiga bir nechta savollar bergan.
Jumladan, Kay Oq uyda ishlar qanday ketayotganini so‘raganida, Donald Tramp shunday javob bergan:
"Zo‘r. Men juda yaxshi ishlamoqdaman. Yettita urushga chek qo‘ydim va umid qilamanki, Putin va Zelenskiyni ham odamlar halok bo‘lishini to‘xtatishga ko‘ndira olaman. Bundan boshqa hamma narsa a’lo darajada. Iqtisodiyot ham juda yaxshi rivojlanmoqda".