Bugun 15 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Donald Tramp ma’muriyati 175 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Donald Tramp ma’muriyati 175 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Davlat departamenti Prezident Donald Tramp ma’muriyati davrida xorij fuqarolarining 175 mingdan ortiq vizasi bekor qilinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlat departamenti tomonidan kecha e’lon qilingan axborot ma’lumotnomasiga ko‘ra, holatlarning aksariyati jinoiy faoliyat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan to‘qnashuvlar tufayli sodir bo‘lgan. Vizalarni bekor qilishning asosiy sabablari orasida viza rejimini buzish, firibgarlik, zo‘ravonlikka chaqiriqlar va departament tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid deb baholangan boshqa harakatlar ham qayd etilgan.

Vizalarni bekor qilish ko‘lami Donald Tramp ma’muriyatining o‘tgan yili Oq uyga qaytganidan keyin boshlangan keng ko‘lamli immigrasiya kampaniyasining bir qismiga aylandi. Ushbu siyosat doirasida AQShdan misli ko‘rilmagan darajada ko‘p migrantlar, shu jumladan, amaldagi vizaga ega bo‘lgan ayrim shaxslar deportasiya qilindi.

Davlat departamentining ma’lum qilishicha, vizalarni bekor qilish ularning egalarini doimiy tekshirib borish jarayoni doirasida amalga oshirilmoqda. Idora tomonidan ta’kidlanganidek, bunday tekshiruvlar xorij fuqarolarining o‘z vizalari shartlariga rioya qilishlari va amerikaliklar uchun xavf tug‘dirmasliklarini ta’minlashga qaratilgan.

Vizalarni bekor qilish uchun eng ko‘p tarqalgan asoslar sifatida idora tomonidan tan jarohati yetkazish, mast holda avtomobil boshqarish, o‘g‘rilik va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar keltirilgan.

Alohida misollar sifatida Davlat departamenti tomonidan nomusga tegish va jinsiy zo‘ravonlik, odam o‘g‘irlash va odam savdosi, shuningdek, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini saqlashda ayblangan xorij fuqarolari bilan bog‘liq holatlar (o‘ndan ortiq epizodlar bo‘yicha) keltirilgan.

Davlat departamenti ma’muriyat AQSh xavfsizligiga tahdid soladi deb hisoblaydigan xorij fuqarolari bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va surishtiruv o‘tkazishni davom ettirishini bildirdi.

“Amerika vizasi — bu imtiyoz, huquq emas”, — deb ta’kidlanadi idora xabarida va ushbu imtiyozdan suiiste’mol qilayotganlarning vizalarini bekor qilish uchun mavjud vakolatlardan bundan buyon ham foydalanishini qo‘shimcha qilinadi.

Yanvar oyida Davlat departamenti 100 mingdan ortiq viza bekor qilinganini ma’lum qilgan edi, bu o‘sha paytda rekord ko‘rsatkichga aylangan edi. Bir vaqtning o‘zida AQSh ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishni kengaytirish va saralash proseduralarini kuchaytirish orqali viza berish qoidalarini murakkablashtirdi.

Kiritildi: 17:20 11.08.2026. O'qildi: 1244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!