AQSh Prezidenti Donald Tramp kommunizm ramzlari bo‘lmish «o‘roq va bolg‘a»ni «yo‘qlikka mahkum etish» (tarix sahnasidan butunlay o‘chirib tashlash) bilan tahdid qildi.
«Yulduzlar va chiziqlar (AQSh bayrog‘i) allaqachon o‘roq va bolg‘ani yo‘qlikka ravona qilgan va agar talab etilsa, biz buni yana takrorlaymiz», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The New York Times nashri.
Tramp kommunizm «ayni shu yerda, Amerikaning o‘zida xunuk boshini ko‘targanini» aytib, uni «darhol kesib tashlanishi kerak bo‘lgan o‘simta (rak shishi)»ga qiyosladi. U kommunistik tizim Amerika tuzumiga butunlay zid ekanini qayd etdi. AQSh rahbari Qo‘shma Shtatlar hech qachon kommunistik davlatga aylanmasligini alohida ta’kidladi.