Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Donald Tramp: AQSh Eron neftini egallashi mumkin

Donald Tramp: AQSh Eron neftini egallashi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron neft sanoatini nazoratga olish imkoniyati borligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, biroz ko‘proq vaqt berilsa, Vashington Hormuz bo‘g‘ozini “osonlikcha” ochishi, neft resurslarini qo‘lga kiritishi va iqtisodiy foyda olishi mumkin.

Trampning bu bayonoti Eron tomonidan bo‘g‘ozning bir necha hafta davomida blokada qilinishi haqidagi xabarlar fonida yangradi.

Bu fikrlar AQShning mintaqadagi energetik va harbiy strategiyasi yanada keskinlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 23:27 03.04.2026. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!