Dog‘istonning uch tumanidagi 24 ta aholi punktida, shuningdek, Izberbash shahrining ayrim qismlarida elektr ta’minoti avariyaviy ravishda uzildi.
Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Dog‘iston bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati yakshanba kuni xabar berdi.
«Uchta tuman va Izberbash shahrining bir qismida elektr ta’minotida avariyaviy uzilish qayd etildi. Unsukul, Xunzax va Sumada tumanlaridagi jami 24 ta aholi punkti hamda bir shahar okrugi elektrsiz qolgan. Ushbu hududlarda 32 904 nafar aholi istiqomat qiladi», — deyiladi xabarda.
Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlariga 15 nafar mutaxassis va 5 ta maxsus texnika jalb qilingan.
Elektr ta’minotini iste’molchilar uchun kechga qadar tiklash rejalashtirilmoqda.