Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Diyora Usmonova o‘g‘lini ommaga ko‘rsatdi

A A A
Diyora Usmonova o‘g‘lini ommaga ko‘rsatdi

Taniqli milliarder Alisher Usmonovning marhum jiyani Bobur Usmonovning bevasi Diyora Usmonova o‘tgan yili o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabar berganmiz. 

2017 yilning 27 iyul kuni ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan Diyora Usmonova unga Ikrom deb ism qo‘ygandi. Chaqaloqqa Rahimov familiyasi berilgan. 

Kuni kecha Diyora Usmonova o‘g‘lining eksklyuziv suratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lishdi. Bolakay endigina bir yoshdan oshgan. Shunga qaramay, yurib ketganini ko‘rish mumkin. 

Diyora Usmonova bir necha yildirki, Turkiyada istiqomat qilib kelmoqda. Bizga ma’lum manzillarga ko‘ra, u Zo‘rlu gipermarketining yuqorisidagi ko‘p qavatli qimmatbaho uylardan birida yashaydi. 
Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, Diyora Usmonova toshkentlik millionerlardan biri Botir Rahimov bilan turmush qurgan. O‘g‘liga ham Botir Rahimovning otasi ismi berilgan. 

Ko‘pchilikka ma’lumki, Alisher Usmonov dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Milliarderning farzandi yo‘qligi uchun uning yolg‘iz ukasi Bahodir Usmonovning o‘g‘li Bobur Usmonov unga merosxo‘r sifatida ko‘rilgan. Alisher Usmonov ham uni o‘z o‘g‘lidek ko‘rgan.2013 yil Usmonovlar oilasi uchun musibatli kechdi. 8 may kuni tonggi soat 5:15 da Bobur Usmonov va Kristina Yo‘ldosheva o‘tirgan Ford Mustang avtomobili Toshkentning Yunusobod tumanida, "Shedevr" supermarketi yaqinidagi qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqqa kelib uriladi. Natijada Bobur va Kristina voqea joyida halok bo‘ladi. 

Bobur va Diyoraning 2012 yilda tug‘ilgan Maryam ismli qizi bor edi.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 05:01 05.10.2018. O'qildi: 5930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik