Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Deputatlar koronavirus sababli yig‘ilishlarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda

Deputatlar koronavirus sababli yig‘ilishlarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda

Iroq parlamenti deputatlari koronavirusga chalinish qo‘rquvi ostida parlament yig‘ilishlarida ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Shafaq axborot agentligi parlamentdagi manbaga tayanib xabar berdi. 

“Ayni vaqtda yig‘ilishlar o‘tkazilishi tiklangani yoki chaqirtirilganining birorta alomati yo‘q. Parlament a’zolari koronavirusga chalinishdan qo‘rqib palata yig‘ilishlariga kelishmayapti”, deb ma’lum qilgan manba.

Uning ta’kidlashicha, 30 dan ortiq deputat koronavirusga chalingan, ulardan ba’zilari davolanishda. Shu sababli parlament yig‘ilishlarini videoformat shaklida o‘tkazish rejasi ishlab chiqilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Iroqda koronavirusga chalinganlar soni 45 mingdan, vafot etganlar soni 1,7 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi avvalroq mamlakat koronavirusga chalinishning eng yuqori darajasiga chiqayotanini ma’lum qilgan. Iroqda koronavirus sababli kiritilgan komendantlik soati amal qilishi davom etmoqda, ichki va xalqaro aviaaloqa hamda ta’lim muassasalari faoliyati to‘xtatilgan. 

Kiritildi: 07:23 29.06.2020. O'qildi: 2364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!