Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi direktori, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Oybek Qurbonov o‘zi saylangan hududlardagi aholiga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Deputat tashabbusi bilan Dehqonobod tumanidagi “Duob”, “Terakli” va “Oybek” MFYlari va Qamashi tumanidagi "Changak", "Dovut" hamda "Qizilqishloq" MFYlaridagi kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan 35 ta oilaga oziq-ovqat va un mahsuloti hamda tibbiy niqoblar tarqatildi.