Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Denovdagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

A A A
Denovdagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi A.YO. 29 noyabr kuni «Yangixazarbog‘» mahallasida shu mahallada yashovchi SH.E. bilan janjallashgan.

IIV axborotiga ko‘ra, A.YO.janjal vaqtida SH.E.ning yuzi va boshiga qo‘li bilan urgan vaqtida, SH.E. yerga yiqilib, boshidan jarohat olgan.

«Natijada SH.E. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan», — deyiladi IIV axborotida.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.YO. qo‘lga olingan. Xabar berishlaricha, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:52 01.12.2018. O'qildi: 2467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik