Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari ishdan olindi

Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari ishdan olindi

Davlatimiz rahbari Uzun tumanini namunaviy hududlardan biri sifatida qayd etdi. 51 ta mahallasi bo‘lgan tumanga joriy yil kambag‘allikni qisqartirish va bandlik dasturlari doirasida 160 milliard so‘m mablag‘ berilgan.

Tumanga 70 million dollar xorijiy investisiya olib kelindi, 47 ta korxona ishga tushirildi, 300 ta servis ob’ektida 1 ming nafar odam ishli bo‘ldi, 9 ta mahalla uzumchilikka ixtisoslashtirilib, tadbirkor bilan aholi o‘rtasida kooperasiya yo‘lga qo‘yildi, 2 mingdan ziyod mikro loyihada 4 ming 200 nafar odam daromadli bo‘ldi.

Shularning hisobiga Uzun tumanida yil boshidan kambag‘allik darajasi 10,5 foizdan 3 foizgacha kamaydi.

Shu bilan birga, Uzun tumaniga nisbatan 4,5 barobar ko‘p mablag‘ olgan Denov tumani hokimligi ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani ko‘rsatib o‘tildi. Kambag‘al oilalar reestriga kirganidan buyon 1200 ta oila daromadida o‘zgarish bo‘lmagan.

Yoki Chiroqchi tumaniga joriy yil mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditga 309 milliard so‘m resurs berilgan. Lekin tuman hokimligi shuncha resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yarasha tayyor loyiha bermagan.

Shu bois, Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi o‘rinbosari SH.To‘raqulov, Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashev ishdan olinishi belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:55. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!