Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Demokrat Bayden prezidentlikdan ketishi kerakligini aytdi

Demokrat Bayden prezidentlikdan ketishi kerakligini aytdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Demokratik partiyasi a’zosi Jeff Yang AQSh Prezidenti Jo Bayden urush jinoyatlari uchun lavozimidan chetlatilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Menimcha, Jo Bayden Ukraina, Yaman, Suriya, Iroq va boshqalardagi urush jinoyatlari uchun zudlik bilan impichment qilinishi kerak. Shuningdek, Ukrainada Rossiyaga qarshi proksi urushni davom ettirish uchun”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, demokrat AQShning 1945-yildan buyon barcha prezidentlari harbiy jinoyatchilar bo‘lganiga amin.

Avvalroq Jeff Yang AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenni "Ukrainada minglab etnik rus fuqarolarini o‘ldirishda AQSh hukumati va NATOga yordam berayotgan" "ustoz urush jinoyatchisi" deb atagan edi .

"Sizni urush jinoyatlari uchun sud qilish kerak va shartli ravishda 30 yilga ozodlikdan mahrum qilish lozim", degandi u.

Yang, shuningdek, Jo Bayden milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan va Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland uchun ham shunday qilish kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:29 14.01.2023. O'qildi: 2109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!