Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dembele «Barselona» taklifini rad etdi

Dembele «Barselona» taklifini rad etdi

«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele Kataloniya klubining so‘nggi taklifini ham rad etdi, deya xabar bermoqda AS nashri.

Manba xabariga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchi Fransiyaga qaytish qaroriga kelgan va «PSJ» taklifini qabul qilgan.

Qayd etilishicha, Dembele «Barsa»ni tark etish qaroriga kelganini jamoadoshlariga aytgan va tez orada erkin agent sifatida jamoa bilan xayrlashishini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 32 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assistga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 30 iyun kuni yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Usmon 2017 yil 105 mln yevro evaziga «Borussiya»dan «Barsa» safiga o‘tgan edi. Ungacha esa 2015-16 yillar Fransiyaning «Renn» klubi sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 20:39 26.05.2022. O'qildi: 3042 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!