Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Davlat to‘ntarishini uyushtirishiga urinish Qirg‘iziston mustaqilligi kunida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan

Davlat to‘ntarishini uyushtirishiga  urinish Qirg‘iziston mustaqilligi kunida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan

Davlat to‘ntarishini uyushtirishiga urinish Qirg‘iziston mustaqilligi kunida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan, deya xabar berdi Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

"Jinoiy rejada 31 avgust kuni buzg‘unchi fikrli yoshlar va ayrim muxolifat yetakchilari ishtirokida “sport o‘yinlari” tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ishtirokchilar ushbu “musobaqa”da zo‘ravonlik, o‘t qo‘yish va o‘qotar qurollardan foydalanish bilan birga sodir bo‘ladigan ommaviy tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirishgan. Shuningdek, davlat to‘ntarishini uyushtishda gumonlanib qo‘lga olingan shaxslar jinoyat olami vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan", — deyiladi qo‘mita tomonidan e’lon qilingan bayonotda.


Avvalroq, fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish orqali hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish rejalarini tuzayotgan buzg‘unchi guruh aniqlandi — deya xabar berdi huquq-tartibot idorasi. Besh gumondor qo‘lga olindi, ularning barchasi Qirg‘iziston fuqarolari.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bu shaxslarning jinoiy guruhlarga aloqadorligini va “diniy aqidaparastlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlayotganliklarini” da’vo qilmoqda. Tintuvlar davomida ular bombalar uchun butlovchi qismlar, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, zirhlar, ekstremistik adabiyotlar topdilar.

Kiritildi: 21:25 06.07.2024. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!