Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat rahbarlari yangi kooperasiya loyihalarini ishga tushirdilar

Davlat rahbarlari yangi kooperasiya loyihalarini ishga tushirdilar

Oliy Davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik kooperasiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Xususan, «Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat kooperasiyasi markazi va «Tenge Bank»ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ishga tushirildi.

Shuningdek, «Silkway Central Asia» ko‘p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentda «Ostona» mavzesi hamda poytaxtlarda «Toshkent» va «Ostona» mehmonxona majmualari qurilishi boshlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ushbu loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Kiritildi: Bugun 12:37. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!