Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Daniya va Grenlandiya Trampning tahdidlarini qoraladi — Reuters

Daniya va Grenlandiya Trampning tahdidlarini qoraladi — Reuters

Daniya va Grenlandiya bosh vazirlari AQSh prezidentining Grenlandiyaga da’volarini tanqid qildi, shuningdek, ular AQSh kabi ittifoqchi tomondan bunday gaplar aytilmasligi kerakligi haqida bayonot berdi.

"Grenlandiyani AQSh tomonidan egallab olish zarurati haqida gapirish mutlaqo ma’nosiz. AQSh Daniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Daniya, Grenlandiya, Farer orollarining hech birini anneksiya qilish huquqiga ega emas. Qo‘shma Shtatlarni tarixan yaqin ittifoqchiga, shuningdek, boshqa bir davlat va boshqa bir xalqqa nisbatan tahdidlarni to‘xtatishga chaqiraman. Vashington Grenlandiyadan allaqachon javob olgan, orol sotilmaydi", — deya bayonot berdi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen.

"AQSh prezidenti “bizga Grenlandiya kerak” deb aytganda va bizni Venesuela hamda harbiy intervensiya bilan bog‘laganda, bu shunchaki noto‘g‘ri bayonot bo‘lmadi. Bu bizga nisbatan hurmatsizlik bo‘ldi", — deya ta’kidladi Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen.

Donald Tramp The Atlantic nashriga bergan intervyusida AQSh mudofaa nuqtayi nazaridan Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatishi lozimligini aytgandi.

"Bizga Grenlandiya haqiqatan ham kerak. Grenlandiya Rossiya va Xitoy kemalari bilan o‘ralgan. Bu orol bizga mudofaa maqsadlari uchun zarur", — degan AQSh prezidenti.

Bundan tashqari, Tramp apparati rahbarining o‘rinbosari Stiven Millerning rafiqasi Keti Miller X ijtimoiy tarmog‘ida post joylagan, unda Grenlandiya xaritasi AQSh bayrog‘i ranglarida ko‘rsatilgan edi. Rasm ostida “Tez orada” deb yozilgan.

Kiritildi: 17:25 05.01.2026. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!