Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Daniya Rossiya ikki kiberhujumda aybladi

Daniya Rossiya ikki kiberhujumda aybladi

Daniya hukumati ikki kiberhujum uchun javobgarlikni Rossiya davlati bilan bog‘liq hakerlik guruhlariga yukladi: birinchisi — bu kuzda bo‘lib o‘tgan munisipal va hududiy saylovlar vaqtida, ikkinchisi — o‘tgan yili suvni tozalash korxonasiga qarshi amalga oshirilgan hujum. Bu haqda Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen 19 dekabr, payshanba kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi. AFP agentligi iqtibos keltirgan vazir so‘zlariga ko‘ra, hukumat Rossiya elchisini chaqirish niyatida.

Poulsenning aytishicha, 2024 yil oxiridagi kiberhujumdan keyin — uni rossiyaparast Z-Pentest guruhi bilan bog‘lashmoqda — suv quvurlarida portlashlar sodir bo‘lgan va bu qisqa muddatga turar joylardagi suv ta’minotini izdan chiqargan. Ikkinchi voqea esa Daniyada shu yil noyabrda bo‘lib o‘tgan munisipal va hududiy saylovlar arafasida yuz bergan. Rossiyaparast NoName057(16) guruhi o‘z zimmasiga olgan bu kiberhujum oqibatida Daniyadagi bir qator siyosiy partiyalar, munisipalitetlar, davlat idoralari va bir mudofaa kompaniyasining veb-saytlari ishlamay qolgan.

“Biz bu — Rossiyaga moyil, Rossiya davlati bilan bog‘liq guruhlar ekaniga mutlaqo ishonamiz”, — dedi Daniya Harbiy razvedka xizmati rahbari Tomas Arenkil. FE bayonotida Rossiya davlati NoName057(16) va Z-Pentest guruhlarini “G‘arbga qarshi gibrid urushining vositalari” sifatida ishlatishi aytilgan.

Shuningdek, Rossiyaning kiberoperasiyalari “G‘arbning Ukrainaga bergan yordamini susaytirishga qaratilgan kengroq ta’sir o‘tkazish kampaniyasining bir qismi” ekani ta’kidlanadi. AFP qayd etishicha, Daniya Ukrainaga Rossiyaga qarshi mudofaa urushda eng yirik yordam beruvchilardan biri hisoblanadi.

Daniya jamoat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik vaziri Torsten Shak Pedersen har ikki kiberhujum cheklangan zarar yetkazganini, ammo ayrim ojiz nuqtalarni ochib berganini bildirdi.

Kiritildi: 23:23 19.12.2025. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!