Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Daniyel Payps Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi

Daniyel Payps Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi

Yaqin Sharq forumi prezidenti Daniel Payps Turkiyani ittifoqni kengaytirish borasidagi pozisiyasi uchun NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi, deb yozadi @rt_russian TVP World telekanaliga tayanib.

Uning ta’kidlashicha, Anqara go‘yoki "shantaj" bilan shug‘ullanadi va Shvesiya va Finlyandiyaning NATOga kirishiga rozi bo‘lish evaziga o‘zi uchun afzalliklarni muhokama qilishga urinmoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Anqara Xelsinki va Stokgolmning alyansga kirishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kiritildi: 11:10 21.05.2022. O'qildi: 3530 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!