Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Dana Uayt: "Donald Tramp mening 25 yillik do‘stim"

Dana Uayt: "Donald Tramp mening 25 yillik do‘stim"

UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashganidan so‘ng munosabatlari haqida so‘zladi.

Tomonlar 2026 yilda Oq uyda UFC turnirini tashkil etish masalasini muhokama qilishdi.

"Biz Donald Trampga butun vizual konsepsiyani ko‘rsatdik va buning tasdig‘ini oldik. Umuman olganda unga ma’qul bo‘ldi, endi esa ishga boshdan-oyoq kirishyapmiz. Hamma ishlar boshlandi.

Endi biz katta loyihaning boshida turibmiz. Oldimizda katta ish turibdi. Biz Tramp bilan taxminan 25 yildan beri do‘stmiz. Buning siyosatga hech qanday aloqasi yo‘q. U rostdan ham umrbod do‘stim va UFCning katta muxlisi. U prezident bo‘lishidan ancha oldin UFC turnirlarini ko‘rardi. Faqat UFC emas, umuman yakkakurashlarni yaxshi ko‘radi", — dedi Uayt.

Kiritildi: 23:15 12.09.2025. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!