Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Dam olish kunlari havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq antisiklon natijasida keskin sovuq tushdi. 

Bugundan boshlab mamlakat hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Respublika bo‘yicha barcha joylarda ob-havo ochiq, kuchsiz shamol esadi. Kunning o‘rtasiga kelib harorat 15-18 darajagacha, janubiy hududlarda 23 darajagacha ko‘tariladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dam olish kunlari respublikaga Erondan issiq havoning kirishi davom etadi. Tungi sovuq faqat mamlakatning ayrim tog‘li va baland tog‘li hududlarida saqlanib turadi. 

Harorat kechasi 2-7 daraja atrofida, kunduzi 17-22 daraja bo‘lishi kutilmoqda, janubiy tumanlarda havo 25 darajagacha isiydi.

Kiritildi: 16:26 30.10.2020. O'qildi: 1759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!