Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshatli statistika: 13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq ko‘paymoqda

Dahshatli statistika: 13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq ko‘paymoqda

Tanzila Norboyeva boshchiligida videokonferensiya tizimi orqali o‘tkazilgan Oliy Majlisi Senati kengashining majlisida erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilgan.

«So‘nggi yillarda 18 yoshga to‘lmagan qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari ham kamayib, 2018 yilda bunday salbiy holatlar 1,5 mingdan ziyod bo‘lgan, 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2 mingtani tashkil etgan. Joriy yilning birinchi choragida 231 ta erta tug‘ruq holatlari qayd etilgan.

Olib borilayotgan ishlarga qaramay, bu borada qator muammolar mavjudligiga urg‘u berildi. Tahlillarga ko‘ra, ushbu muammoga, avvalo, aholining huquqiy savodxonligi va tibbiy madaniyatining yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan qizlar, ayniqsa 13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq holatlarining ko‘payib borayotgani tashvishli holdir», deyiladi parlament yuqori palatasi axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, erta homiladorlik va tug‘ruq holatlari kuzatilgan o‘quvchi qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yashayotganligi aniqlangan. Senat xabarida oiladagi yetishmovchilik, ota-onalarning ishsizligi yoki kam daromad topishi ham qizlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilayotgani ta’kidlanadi.

«Erta va istalmagan tug‘ruq holatlari, yoshlarning oilaviy munosabatlarga tayyor emasligi, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy beqarorlik kabi sabablar chaqaloqlar savdosi jinoyatini ham keltirib chiqarmoqda.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida Senat Kengashi qarori bilan erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020–2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning sentyabrigacha respublikada O‘zbekistonda 17 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50ta erta tug‘ruq holati qayd etilgani ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 09:50 16.07.2020. O'qildi: 10262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!