Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dahshat! Shifokorlar xatolik sabab 73 yoshli ayolning sog‘lom ikki buyragini olib tashlashdi

Dahshat! Shifokorlar xatolik sabab 73 yoshli ayolning sog‘lom ikki buyragini olib tashlashdi

AQShning Kolorado universiteti shifokorlari xatolik sabab, 73 yoshli ayolning ikkala buyragini olib tashlashdi.

Kolorado shtati fuqarosi Lindi Vulli "Fox31" telekanaliga bergan intervyusida 2018 yilning mart oyida shifokorlar unga buyrak saratoni tashxisini qo‘yib, may oyida ikkala buyragini ham olib tashlaganini aytgan.

“Tasavvur qiling, avvalroq sizga saraton tashxisini qo‘yib ikkala buyragingizni ham olib tashlagan shifokorlar keyinchalik hech qanday saraton bo‘lmaganini aytsa, qanday holatga tushar edingiz?” – dedi Lindi Vulli telekanal muxbiriga.

Ma’lum bo‘lishicha, jarrohlik amaliyotidan so‘ng ayolda o‘tkazilgan biopsiya natijalari yaxshi chiqqan va hech qaysi buyragida saraton kuzatilmagan.

Shifokorlarning xatosi tufayli Lindi Vulli haftada uch marotaba to‘rt soat davom etadigan dializ davolash kursidan o‘tishi kerak.

“Hayotim butunlay o‘zgarib ketdi. Dializ kurslari dam olishga chiqiladigan piknik emas, bular hayotimni o‘g‘irlamoqda”, – dedi ayol.

Hozir Lindi Vulli kamida bitta buyrak transplantasiyasiga muhtoj. Buning uchun esa Qo‘shma shtatlarda o‘rtacha yetti yil kutish kerak. 

Kiritildi: 15:13 17.11.2018. O'qildi: 1726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!