Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dahshat! Samarqanddagi xususiy klinikada o‘nlab chaqaloqlar yoqib yuborilgan!

Dahshat! Samarqanddagi xususiy klinikada o‘nlab chaqaloqlar yoqib yuborilgan!

Samarqand shahrida joylashgan xususiy tug‘ruqxonalardan birida muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni sotishgan, deb xabar qilmoqda Uznews nashri “Huquq” gazetasiga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Nigora Solixonova boshqaruvi ostida bo‘lgan xususiy klinikada abort qilish, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sotish bilan shug‘ullanishgan. Homiladorlikni majburiy to‘xtatish oqibatida tirik tug‘ilgan chaqaloqlar, qalbaki hujjatlar bilan bolaga muhtoj oilalarga 500 dan 2000 $ dollargacha sotilgan.

Sotilmay qolgan chaqaloqlarni esa, qarovsiz qoldirishgan. Vafot etganidan keyin ularning tanalari tibbiy chiqindilarni yoqishga muljallangan maxsus pechkada yoqib yuborishgan. Tergov jarayonida bir necha o‘nlab ana shunday bolalar jasadlarining qoldiqlari topilgan.

Ushbu ish yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston JKning bir necha bandlari bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atilgan.

Fevral oyining oxirida bo‘lib o‘tgan sud majlisida klinika rahbari Nigora Solixonovaga 13 yil qamoq jazosi berildi. Shuningdek, klinikaning boshqa ishchilariga ham qilmishiga yarasha jazo choralari belgilandi. 

 

Kiritildi: 22:54 17.06.2018. O'qildi: 3122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!