Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Dahshat! Samarqandda uka nafs yo‘lida o‘z akasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Dahshat! Samarqandda uka nafs yo‘lida o‘z akasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Joriy yilning 13 aprel kuni soat 8:00 larda Bulung‘ur tuman IIBga tumanning Elobod mahallasi Ashirto‘p qishlog‘ida yashagan fuqaro S.ning murdasi uyi yaqinidagi tol daraxtiga osilgan holatda topilganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Bulung‘ur tuman IIBga tayanib Daryo xabar berdi.

Mazkur xabar asosida tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi va murda ko‘zdan kechirilganda, marhumning tanasida shubhali holatda, ya’ni bo‘yin qismida uch izli strangulyasion egatlar, o‘ng kurak usti, qornining chap yonbosh sohasi, chap tizza bo‘g‘imi oldingi yuzasida shilinmalar, chap boldir o‘rta uchligi oldingi yuzasida qontalash kabi tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida, marhumning ukasi I. akasi S. bilan oldindan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchiligi tufayli akasi boshqarib kelgan otasiga tegishli Damas rusumli avtomashina ustida janjallashib, sintetik ip bilan akasining bo‘yin sohasidan qasddan bo‘g‘ib o‘ldirganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, I. akasi S. boshqarib yurgan otasiga tegishli Damas rusumli avtomashinasini o‘zlashtirishda ifodalangan tamagirlik niyatida uzoq qarindoshi voyaga yetmagan O. bilan til biriktirib, oldindan jinoiy reja tuzgan. 12 aprel soat 21:00 larda tumanning Elobod mahallasi ichki yo‘lida akasi S.ning boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashina salonida jinoiy sherigi O. akasining qo‘llarini ushlab turganidan foydalanib, sintetik ip bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan I. va O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:33 17.04.2019. O'qildi: 2822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!