Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 273 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga, G‘azo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 58 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan beri jami 38 011 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Shujayi va Rafahda bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda. Bir kunda uchta tank yo‘q qilindi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Nablus, Xalil, Jenin, Ramallah va Qalkiliyaga hujum qiladi. 20 falastinlik hibsga olindi.
▪️Jenin shahrida qarshilik jangchilari va bosqinchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ishg‘ol qiruvchi samolyotlardan foydalandi. To‘rt nafar qurbon berildi.
▪️Husiylar: 6 ta kemaga hujum qildik, qo‘llab-quvvatlash operasiyasi boshlanganidan beri hujum qilingan kemalarning umumiy sonini 162 taga yetkazdik.
▪️Hizbulloh bosib olingan hududlarga 200 dan ortiq Katyusha raketalarini otdi. Shimoliy Isroil ikkinchi kundirki olov ichida.
▪️Isroilning Eylat portida bankrotlik jarayoni boshlandi. O‘tgan oy husiy hujumlari natijasida bu yerga faqat bitta kema langar tashladi, xolos.
▪️Saudiya Tashqi ishlar vazirligi: Falastin ma’muriyatining bu yerda bo‘lishi uchun G‘azoga xalqaro kuchlar kiritilishini qo‘llab-quvvatlaymiz.
▪️Husiylar: Biz barcha arab va islom davlatlariga amerikaliklar bilan mamlakatimizga hujum qilmaslikni maslahat beramiz. Saudiya Arabistoni bu masalada qaysarlik bilan o‘ziga yomonlik qilmoqda.